Apple vaksinatsiyaga qarshilar tanishuviga mo‘ljallangan dasturni o‘chirib tashladi

  •   DiMaX
  •  150
  •  03.08.2021 09:45

Apple vaksinatsiyaga qarshilar tanishuviga mo‘ljallangan dasturni o‘chirib tashladi

Apple kompaniyasi App Store do‘konidan vaksinatsiyadan o‘tmaganlar tanishishi uchun mo‘ljallangan Unjected mobil dasturini o‘chirib tashladi. Unjected dasturchilari tomonidan yo‘llangan xatda mobil dastur «o‘z konsepsiyasi yoki mavzusi doirasida koronavirus pandemiyasiga noo‘rin munosabatda» ekanligi aytiladi, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Blogerlarga pul evaziga koronavirus vaksinasini yomonlash taklif etildi

Ta’kidlanishicha, Apple koronavirusga bog‘liq barcha dasturlarda manbasi hukumat tashkilotlari, sog‘liqni saqlash sohasidagi notijoriy tashkilotlar yoki ta’lim muassalari bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilmoqda.

Kompaniya dasturchilar Unjected’ni «tibbiy dahlsizlik va so‘z erkinligi tarafida bo‘lgan fikrlilar uchun» birlashma deb atagan intervyudan iqtibos keltirgan.

Avvalroq Google kompaniyasi ham Unjected’ning ayrim foydalanuvchilari yozishmalariga tayanib, dastur yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganini qayd etgandi. Gap vaksinalar «biologik qurol», «genetik modifikator» va «mikrochip» deb atalgan postlar haqida ketmoqda.

Google esa Unjected’ni Google Play’dan o‘chirib tashlash bilan tahdid qilgan va dasturchilar undan xabarlarni olib tashlashga majbur bo‘lgan. Unjected’ni 2021 yilning may oyida gavayilik ikki ayol ishga tushirgan. Ayni vaqtda servis 18 ming marotaba yuklab olingan.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!