Apple Watch $299 dollargacha arzonlashdi

Apple Watch $299 dollargacha arzonlashdi

21 mart kuni Apple kompaniyasining Kupertinodagi bosh qarorgohida o‘tgan taqdimot mobaynida yangi talqindagi smartfon va planshet bilan birga, kompaniya tomonidan Apple Watch aqlli soatlarining yangi bog‘ichlar turkumi ham taqdim qilindi.

Shuningdek, taqdimotda “aqlli soat” narxining $299 dollargacha arzonlashtirilgani ham ma’lum qilindi. 38 mm diagonalli korpusga ega Apple Watch gadjetini kompaniya shu kunga qadar 349 AQSh dollaridan sotayotgan edi.

Kompaniya rahbari Tim Kukning ta’kidlashicha, Apple Watch dunyo miqyosida eng ko‘p ommalashgan “aqlli soat” ekan. Foydalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar doirasida har uch nafar foydalanuvchidan biri qurilma bog‘ichini o‘zgartirib, o‘ziga qulay boshqa turdagi remeshokdan foydalanishi ma’lum bo‘lgan.

Taqdimotda Apple kompaniyasi mazkur soatlar uchun yana qo‘shimcha 3 talqindagi bog‘ich aksessuarlarini namoyish qildi. Xususan, XIX asr oxirida Milanda ixtiro qilingan to‘qima uslubidagi bog‘ichning zamonaviy, qora rangli talqini, shuningdek to‘rt qatlamli neylondan ishlangan nafis bog‘ichlar “aqlli soat” foydalanuvchilariga didlariga munosib soat tasmasini tanlash imkonini beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!