Apple Watch 5 qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

Apple Watch 5 qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

Bugungi kunga qadar Apple’ga tegishli aqlli soatlarning navbatdagi avlodi haqida ma’lumotlar sizib chiqmadi. Kyo nashrining taxmin qilishicha, Apple Watch 5 10 sentyabrdagi namoyishda iPhone 11 bilan bir vaqtda taqdim qilinishi rejalashtirilgan.

Yangi soatlarning ma’lum bir qismiga yapon kompaniyasi bo‘lmish JDI tomonidan ishlab chiqilgan displeylar o‘rnatiladi. 2019 yilda 15-20 foiz Apple soatlari JDI displeylariga ega bo‘ladi, 2021 yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 70-80 foizga olib chiqish rejalashtirilgan. Apple shuningdek, displeylarning bir qismini BOE kompaniyasidan harid qilib turadi. iPhone’lar uchun asosiy displey yetkazib beruvchi Samsung bilan ham hamkorlik davom etadi.

Yangi Apple Watch keramik korpusda taqdim qilinadi. Keyingi yilda esa microLED displeyli Apple Watch Series 6’ni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Yangi iPhone'lar qanday nomlanishi aytildi. Shuningdek stilus...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!