Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  911
  •  05.06.2021 17:09

Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

Counterpoint Research tadqiqot kompaniyasi yaqinda iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejaganini e’lon qilgan edi. Endi esa uning ekspertlari kupertinoliklarning Apple Watch 6 (yoki Apple Watch Series 6) smart-soatining tannarxini hisoblab chiqishdi.

O‘QING: iPhone 12’ning tannarxini hisoblashdi: Apple uni ikki baravardan oshiq narxda pullayapti!

Avvalo ta’kidlab o‘tsak: Apple Watch 6 smartvotchining narxi AQShning o‘zida soliqlarni hisobga olmaganda 400 dollardan boshlanadi. Xo‘sh, ishlab chiqaruvchining o‘ziga shu soatning tayyorlanishi aslida qanchaga tushyapti?

Counterpoint Research tadqiqoti yakunlariga ko‘ra, oltinchi avlod aqlli soatning bazaviy modeli Apple uchun bor-yo‘g‘i 136 dollarga aylanar ekan! Tag‘in nafaqat soatning butlovchi qismlari, balki uni terish xarajatlari, sinash jarayoni va hatto dasturiy ta’minotni tayyorlashga ketgan xarajatlar ham ushbu summaga kiritilgan!

Apple Watch Series 6 butlovchi qismlari orasida eng qimmati – undagi Apple S6 protsessori hamda xotira mikrosxemasidan iborat jamlanma ekan: u taxminan 37 dollar turadi. Soatning korpusi va displeyi esa har biri taxminan 18 dollarga tushgan.

Tabiiyki, 136 dollarlik tannarxga marketing, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari kabi boshqa sarf-xarajatlar kiritilmagan.

O‘QING: 2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!