Apple Watch 7 taqdim etildi: katta displey hamda qirilishlarga bardoshli korpus

Apple Watch 7 taqdim etildi: katta displey hamda qirilishlarga bardoshli korpus

Apple kompaniyasi kechagi taqdimotda yangi smart soatlarini ham rasman taqdim etdi. Taqdimot avvalgi mish-mishlarni inkor qildi, ya’ni tekis yuzali ekran o‘rniga smart soatlar yumaloq, chetlari qayrilgan displeyga ega bo‘ldi.

Apple Watch Series 7 has bigger display in the same body, coming this Fall for $399

Yettinchi avlod Apple soatlaridagi eng katta o‘zgarish – bu ularning displeyida. Displey hajmi kattalashgan, shuningdek, uning chetidagi romlar 1.7mm ga qisqargan. Bu holat yangi smart soatlarning displeyini 6 avlod seriyasinikiga qaraganda 20% ga kattalashtirgan, korpus qalinligini esa 40% ga kamaytirgan.

Apple Watch Series 7 has bigger display in the same body, coming this Fall for $399

Apple Watch 7 seriyasini edi yanada qirilishlarga chidamli bo‘lgan shisha himoyalab turadi. IP6X standarti esa qurilmalarga chang kirishini oldini oladi.

O‘QING: Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

Displey hajmi kattalashganligi sabab smart soatlarning foydalanuvchi interfeys elementlari ham kattalashgan. Endi bildirishnomalar yanada ko‘proq so‘zlarni ko‘rsata oldadi. Bundan tashqari, xabarlarga javob qaytarish uchun QWERTY klaviaturasidan to‘liqligicha foydalanish mumkin.

Kompaniya smart soatlar 18 soatgacha ishlab bera olishi hamda oldingi avlodga qaraganda ular 33% tezroq quvvatlanishini ta’kidladi. USB-C porti orqali soatlar 0% dan 80% gacha quvvat olish uchun 45 daqiqa vaqt sarflaydi.

Gadjetlarning besh xil rangli hamda korpusi alyuminiy va titandan ishlangan turi mavjud.

Apple Watch Series 7 has bigger display in the same body, coming this Fall for $399

Yettinchi avlod Apple smart soatlari 399 dollardan sotuvga chiqadi. Hozirda Apple Watch 3 seriyasi 199 dollar, Watch SE esa 279 dollardan sotilmoqda.

O‘QING: Kichikroq tirqish va yangicha asosiy kameraga ega Apple iPhone 13 va 13 mini'lar taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!