Apple Watch 8 renderlari tarqatildi

Apple Watch 8 renderlari tarqatildi

O'tgan yili Apple o'zining Watch 7 seriyasidagi smartsoatlarini taqdim qilganida ular aytilganidek tekis ekranlarga ega bo'lmagan edi. Endilikda taniqli insayder ShrimpApplePro o'z Twitter sahifasida yozib qoldirgan xabariga qaraganda tekis ekran Watch 8 seriyasiga atalgan bo'lishi mumkin.

"Bugun manbadan eshitdimki, Apple soati uchun tekis old shisha displey mavjud. Bu Apple Watch Series 8 uchun old oyna bo'lishi ehtimoli katta." deydi ShrimpApplePro o'z tvitida.

Hozirda Apple Watch'ning yangi avlodi umumiy qanday ko'rinishda bo'lishi yoki qaysi Apple Watch modeli tekis ekranga ega bo'lishi noma'lum, lekin YouTuber Jon Prosser ulashgan suratlarga qaraganda Apple Watch 8 tahminan shunday ko'rinishda ega bo'ladi.

Bu yilgi Apple Watch qatori uch xil: Apple Watch 8, ikkinchi avlod Apple Watch SE va mustahkam chidamlilikka ega Apple Watch "Explorer Edition" modellarni o'z ichiga olishi kutilmoqda va tekis ekran shularning biri uchun qo'llanishi mumkin. Ta'kidlash joizki, Apple Watch 8 tana haroratini o'lchash imkonini beruvchi yangi sensorga ega bo'lishi aytilgan edi.

O'QING: Apple yangi aqlli soati bilan termometrga xayr deymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!