Apple Watch’dan uch karra arzon, 45 kun avtonom ishlaydigan smart-soat taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  2809
  •  06.02.2018 10:08

Apple Watch’dan uch karra arzon, 45 kun avtonom ishlaydigan smart-soat taqdim etildi

Taqiladigan gadjetlar orasida «aqlli» soatlar eng keng tarqalganlaridandir. Lekin bu qurilmalarning bitta noqulay tomoni bor – quvvati tez tugab qoladi. Xuddi smartfonlar kabi, smart-soatlarni ham kunda-kunora quvvatlab turish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Huawei mobil aloqaga mo‘ljallangan Watch 2 Pro'ni taqdim qildi

Ko‘plab yetakchi texnologik kompaniyalar turli smart-soatlar ishlab chiqaradi. Ammo kuni kecha taqdim etilgan Amazfit Bip «aqlli» soati ularni ko‘p tomonlama ortda qoldirdi. Jumladan, bu devays batareyasini bitta to‘ldirganda, quvvati naq 45 kunga yetishini aytishyapti!

Buning ustiga, Bip to‘laqonli ko‘p funksiyali gadjet hisoblanadi. Uning diagonali 1,28 dyuymga teng sensor displeyi, yurak urishini kuzatuvchi optik datchigi bor. Smart-soatda joylashuvni kuzatish uchun to‘laqonli GPS moduli hamda akselerometr ham mavjud. Gadjet IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan. U Android tizimidagi qurilmalar bilan ham, iOS-devayslar bilan ham sinxronlashib ishlay oladi.

O‘QING: Apple qanday gadjetlar bozorida Xiaomi’dan oldinga o‘tib oldi?

Shuncha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan, Amazfit Bip atigi 99 AQSh dollariga narxlangan. Bu esa, Apple Watch singari smart-soatlardan deyarli uch baravarga arzon, degani, axir! Manfiy jihati esa bu soat uchun ilovalar do‘koni yo‘qligidir.

Qora rangdagi Amazfit Bip «aqlli» soatiga hozirdanoq mana bu havola orqali buyurtma berish mumkin. Mart oyining oxirlariga borib bu qurilma qizil, yashil va oq ranglarda ham sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Gear S4 smart-soati Apple Watch’dan har tomonlama ustun bo‘ladi