Apple Watch’ning insultni to‘xtatishi isbotlandi

Apple Watch’ning insultni to‘xtatishi isbotlandi

San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Apple Watch “aqlli” soatining nonormal yurak urishini qayd etishdagi aniqligi 97% ni tashkil qilar ekan. Ya’ni, smartvoch egasining ahvoliga tashxis qo‘yishda yuqori aniqlikka ega ekan. Xavf ostidagi yurakning ahvolini aniqlashda Apple’ning “osma kompyuteri”ning faoliyati xalqaro miqyosda tan olingan Cardiogram ilovasi bilan taqqoslandi.

Tajriba jarayonida 6158 kishi ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 200 nafari yuragidan shikoyati bo‘lgan qolgani sog‘lom odamlar bo‘lishgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, Apple Watch egasini yurak xurujidan avvaldan boxabar qilib, zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi va insultning oldini oladi.