Apple Watch Rolex`ni “taxt”dan tushirdi

Apple Watch Rolex`ni “taxt”dan tushirdi

Apple Watch “aqlli” soatlari qimmatbaho brendlarning dunyo reytingida mashhur Rolex`ni “taxt”dan mosivo qildi. Cult Of Mac`ning xabar berishicha, Apple Watch hozirda barcha yo‘nalishlarda yetakchilikni qo‘lga olgan aqlli-soatdir.

Rolex o‘z “o‘rni”ni bo‘shatdi

NetBase kompaniyasi mutaxassislari 2014 – 2015 yillardagi ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan 700 milliondan ziyod xabarni tahlil qilib, dunyoning qimmat brendlarining yangi reytingini aniqladi. Cult Of Mac nashri muharririning aytishicha, ularda NetBase`ning 88 sahifalik hisoboti bor. Undagi “soatlar” bo‘limida Apple Watch bu yo‘nalish bo‘yicha “doimiy qirol” Rolex`ni taxtdan mahrum qildi.

Yana bir hayratlanarli natija shundaki, Apple Watch (narxi 10-17 ming dollar atrofidagi Edition versiyalisi) dunyo bo‘ylab nufuzi va narxi baland bo‘lgan Tag Heur, Richemont, Curren, Patek Phillippe qatoridan joy olgan yagona “aqlli” soatdir.

Umumiy ro‘yxatdagi o‘rin qanday?

Mashhur qimmat brendlarning umumiy reytingida Apple 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rinni Chanel iforlar brendi egalladi. Apple smartfoni 11-o‘rinda, Apple Watch esa 13-o‘rinda qayd etildi.

iPad planshetida nima gap?
Turli yillarda turli o‘rinlarni egallab kelayotgan iPad plansheti bu safar yuqori pog‘anaga ko‘tarila olmadi. Cult Of Mac nashrining yozishicha, NetBase reytingida planshet 45-o‘rinni band etgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.