Apple Watch Series 4 – dunyodagi ilk romsiz smart-soat taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  2419
  •  13.09.2018 14:01

Apple Watch Series 4 – dunyodagi ilk romsiz smart-soat taqdim etildi! (+video)

«Stiv Jobs teatri»da o‘tkazilgan tadbir davomida Apple korporatsiyasi o‘zining bir qator yangi gadjetlarini namoyish qildi. Ular orasida iPhone Xs va iPhone Xr smartfonlaridan tashqari, kupertinoliklarning to‘rtinchi avlod «aqlli» soati ham bor.

O‘QING: Ekrani kattalashtirilgan – keyingi avlod Apple Watch’ni tomosha qilamiz

Apple Watch Series 4 o‘zining oldingi «ajdod»laridan ancha farq qiladi – uning ekrani devaysning yuzasini to‘laligicha qoplab olgan. Har ikkala modifikatsiyadagi smart-soatning ekrani o‘rtacha 35 foizga kattalashgan. Shuning evaziga yanada ko‘rkamlashganidan tashqari, ular endi ko‘proq ma’lumot aks ettira oladi. Shunday bo‘lsa-da, oldingi avlod Apple Watch’larning tasmachalari unga ham mos keladi.

«Olmali» korporatsiyaning to‘rtinchi avlod «aqlli» soati IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan muhofaza etilgan. Shuning evaziga Apple Watch Series 4 bilan 50 metrgacha suv ostiga qo‘rqmasdan sho‘ng‘isa bo‘ladi.

Apple Watch Series 4 modelining «elektron yuragi» – yangi S4 protsessori bo‘lib, u kupertinoliklarning bulturgi uchinchi avlod smart-soatidagi S3 chipidan ikki karra tezkor. Yangi datchik va sensorlari sharofati bilan, ushbu «aqlli» soat kishining salomatligidagi keskin o‘zgarishni yanada yaxshiroq yanglaydi. Bugina emas – agar ahvol chatoq bo‘lsa, mustaqil holda «Tez yordam» chaqiradi ham!

O‘QING: Apple Watch yana bir «qahramonlik» ko‘rsatdi!

Kupertinoliklarning yangi avlod smart-soati egalari uning yordamida mustaqil tarzda o‘zlarini elektrokardiogramma (EKG) tekshiruvidan o‘tkazishlari mumkin. O‘rtacha yuklama bilan ishlash rejimida, ushbu «aqlli» soatning avtonomlik vaqti 18 soatni tashkil etadi.

Mana, Apple Watch Series 4 «aqlli» soatiga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videolavhani tomosha qiling:

Apple Watch Series 4 uchun oldindan buyurtmalar qabul qilish 14 sentyabrdan ochiladi. Dunyoning 16 ta mamlakatidagi buyurtmachilarga xaridlarni yetkazib berish esa 21 sentyabrdan boshlanadi.

Kupertinolik gigant uning korpusi 40 millimetrlik, GPS modulli modeli uchun 399 AQSh dollari so‘rayapti. Uyali aloqa operatorlarining tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan versiyasi esa qimmatroq bo‘ladi. Korpusi yirikroq – 44 millimetrlik smart-soat undan ham qimmatroq bo‘lishi aytilgan, ammo narxi hozircha aniq emas.

Oldingi avlod Apple Watch’lar va boshqa kompaniyalarning ayrim «aqlli» soatlari uchun esa O‘zbekistonning istalgan joyidan turib, Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.