Apple Watch Series 5 smart-soati namoyish etildi: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  2994
  •  11.09.2019 11:57

Apple Watch Series 5 smart-soati namoyish etildi: narx va jihatlari

Kupertinolik korporatsiya 10 sentyabrdagi matbuot anjumanida taqdim etgan gadjetlardan biri beshinchi avlod «aqlli» soati bo‘ldi. Uning tashqi qiyofasi oldingi versiyasidan aytarli farq qilmaydi, lekin «ichki dunyosi» ancha boyigan.

O‘QING: Apple yangi iPad va yangilangan iPadOS’ni taqdim etdi

Apple Watch Series 5 taqdimoti jarayonini ushbu smart-soatlarning kishilar sog‘lig‘ini saqlashga qo‘shgan hissasi, hatto hayotini saqlab qolgani haqidagi voqealar bilan boshladi. Keyin esa gap «aqlli» soatdagi aynan salomatlik bilan bog‘liq funksiyalarga urg‘u bergan holda davom ettirildi.

Kupertinoliklarning beshinchi avlod smart-soatiga yangi funksiya qo‘shilgan: xavfli vaziyatlarda u favqulodda xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroq qila oladi. Lekin, chipsetidagi modem versiyasidan kelib chiqqan holda, ushbu funksiya ayrim mamlakatlardagina ishlaydi.

O‘QING: Apple Watch yana bir «qahramonlik» ko‘rsatdi!

Nihoyat, ushbu «aqlli» soat ham AlwaysOn Display funksiyasiga ega bo‘ldi – ko‘pchilik uchun bu eng muhim xususiyatdir. Afsuski, gadjetning avtonomligi yaxshilanmagan – Apple Watch Series 5 akkumulyatorining quvvati bir ish kunigagina yetadi.

Dizayniga keladigan bo‘lsak, yangi tasmachalarni ta’kidlash mumkin. Apple Watch Series 5 modem mavjud yoki yo‘qligiga qarab 500 yoki 400 dollardan sotiladi. Uning savdolari 20 sentyabrdan boshlanadi; shu bilan birga Apple Watch Series 3 (xarid qilish) arzonlashtirildi – AQShning o‘zida uni endi atigi 200 dollarga olish mumkin. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi «aqlli» soatlarni atigi 633 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.