Apple Watch’ning original funksiyasi qanday ishlashini sekinlashtirilgan videoda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1030
  •  20.06.2020 16:41

Apple Watch’ning original funksiyasi qanday ishlashini sekinlashtirilgan videoda ko‘ramiz

Ikkinchi avlodidan boshlab Apple Watch smart-soatlarida o‘ziga xos yangi funksiya paydo bo‘lgan – korpusning turli tirqishlariga kirgan suv tomchilari o‘ziga xos usulda chiqarib tashlanadi. Buning qanday ishlashini quyida «jonli» videoda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Apple Watch’dagi yangi funksiya 87 yashar ayolning hayotini saqlab qoldi

The Slow Mo Guys nomli YouTube-kanal yuqori aniqlikdgi jihozlar va professional videokameralar bilan qurollanib olib, Apple Watch’ning o‘z-o‘zini suvdan tozalash jarayonini sekinlashtirilgan videoda ko‘rsatishdi. Buning uchun blogerlardan biri dastlab ushbu aqlli soatni taqib olib, vannada cho‘milib chiqdi. Keyin esa...

Guvohi bo‘lganingizdek, bu jarayonda Apple Watch dinamigi past chastotali diapazonda pulsli tovushlar tarqatadi. Bu esa vibratsiya – titrashni keltirib chiqrdi, natijada suv yoki boshqa suyuqlik tomchilari chiqib ketadi.

Turli fitnes-trekerlar, «aqlli» soatlar kishilarni o‘limdan saqlab qolishi, jinoyatlarni fosh etishda yordam berishi, hattoki xudkushning ayyorligini uning o‘limidan so‘ng aniqlab berishi kabi holatlar uchraydi.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!