Apple xaker hujumlariga qashi himoya choralarini kuchaytirmoqchi

Apple xaker hujumlariga qashi himoya choralarini kuchaytirmoqchi

Hafta boshida Apple xaker hujumlari bo‘layotganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, App Store Xitoy servisiga shikast yetkazilib, natijada o‘nlab ilovalar zarar ko‘rgan. Ular orasida WeChat messenjeri, Didi Chuxing taksi chaqirish xizmati va CamCard kartalarni skanerlash singari ilovalar bor. Kompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, xakerlar yashirin virusni ilovaga “yuqtirish”ning uddasidan chiqqanlar.

Apple bundan xabar topgach, darhol Xitoy App Store xizmatini zararlangan ilovadan tozalashga kirishgan. Zarar bartaraf etilgan bo‘lsa-da, korporatsiya virus bilan kurashni hali-veri to‘xtatmoqchi emas. Marketing bo‘yicha vitse-prezident Filipp Shiller Xitoy nashri bilan suhbatda kelgusida bunday xavfni bartaraf etish choralari mavzusida batafsil to‘xtaldi.

U birinchi navbatda Xitoylik dasturchi mutaxassislarga XCode dasturiy paketlarni bevosita mamlakatning o‘zida joylashgan serverlardan yuklab olishni taklif qildi. Dasturning zaruriy qismini asl manbadan yuklab, unda virus yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi. Bundan tashqari Apple yaqin kunlarda 25 ta eng ommalashgan ilovalarning yangi versiyasini taqdim qiladi, foydalanuvchilar bu ilovalarning eski versiyasini o‘chirib tashlab xavfsiz yangi versiyasini yuklab olishlari mumkin. Xavfsizlik sohasi bo‘yicha mutaxassislar profilaktika maqsadlarida bu ishlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlashmoqda.