Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  988
  •  13.06.2019 13:57

Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

Kupertinolik korporatsiyaning smartfon, planshet va boshqa ko‘plab mahsulotlarini uning asosiy pudratchisi – Tayvanning Foxconn (Hon Hai Precision Industry Co., Ltd.) kompaniyasi terib beradi. Uning aksariyat zavodlari esa Xitoyda joylashgan bo‘lib, bu holat biroz tashvishga sabab bo‘layotir.

O‘QING: Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

Gap shundaki, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo jangi jiddiy tus olayotir – birgina Huawei bilan bog‘liq sanksiyalar bunga yaqqol misoldir. Agarda prezident Donald Tramp baribir «Osmon osti saltanati»da ishlab chiqarilgan tovarlar uchun qo‘shimcha boj joriy etadigan bo‘lsa, AQSh bozorida Apple mahsulotlari anchagina qimmatlaydi. Kupertinolik gigant nima bo‘lganda ham bundan yutqazadi – gadjetlarini yana qimmatlatsa xaridori kamayishi mumkin, o‘sha narxda qoldirsa – boj to‘lovi o‘z gardaniga tushadi...

Shunday bir tashvishli vaziyatda Foxconn rahbarlaridan biri kupertinolik hamkorlarini xotirjam qiluvchi xabar aytdi. Unga ko‘ra, pudratchi iPhone va iPad ishlab chiqarishni Xitoydan tashqariga ko‘chira oladi. Foxconn’ning ishlab chiqaruvchi kuchlaridan chorak qismi «Osmon osti saltanati»dan tashqarida joylashgan. Ular esa AQSh bozoridagi talabni qondiradigan hajmda Apple mahsulotlarini yetkazib berishga qodir.

O‘QING: AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

Xabarga ko‘ra, Apple hozircha o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni Xitoydan tashqariga ko‘chirishni so‘ramagan. Biroq shunday talab bo‘lgan taqdirda ham Foxconn uni bajarishga tayyor. Ya’ni, agarda Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun AQShda qo‘shimcha boj joriy qilinsa, bundan yutqazmaslik uchun kupertinoliklar o‘z mahsulotlarining ishlab chiqarilishini tezda boshqa mamlakatga ko‘chira oladilar.

Aytib o‘tish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda kupertinolik korporatsiyaning ikki modeldagi iPad’ini sotib olish, shuningdek, turli rusumlardagi iPhone’larini xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: iPhone’lar yanada arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlar bilan tanishing! (2019 yil 1 iyun)

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!