Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2750
  •  27.02.2020 16:24

Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video)

Kupertinolik gigant o‘z smartfonlari uchun mobil operatsion tizimning o‘n to‘rtinchi avlodini tayyorlamoqda. Apple’ning anonim xodimi allaqachon iOS 14 beta-versiyali ayfonni uchinchi shaxslarga sotgan.

O‘QING: Qaysi ayfonlar iOS 14’gacha, aypadlar iPadOS 14’gacha yangilanadi?

Sotuvchi va xaridor o‘zaro kelishib, hali chiqmagan proshivkali iPhone 11 Pro Max smartfonini ikki bitkoinga narxlashgan. Mazkur ma’lumotni e’lon qilgan insayder Ben Geskin ham ushbu postini o‘chirib tashlagan, lekin foydalanuvchilarda uning skrinshoti saqlanib qolgan:

Bundan tashqari, ayfonni sotgan Apple xodimining ham, xaridorning ham kimligi sir tutilmoqda.

O‘QING: Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

Shunisi ham borki, kuni kecha 91Mobiles resursi iOS 14 tizimidagi ko‘p vazifalilik funksiyasining ishlashi «jonli» aks ettirilgan quyidagi eksklyuziv videoni e’lon qilgan edi:

Shunga qaraganda, yangi proshivkali iPhone 11 Pro Max’ni aynan shu nashr xodimlaridan kimdir sotib olgan bo‘lishi ham mumkin.

Kupertinoliklar iOS 14 tizimini shu yil iyunning boshida bo‘lib o‘tadigan WWDC 2020 anjumanida rasman namoyish etishadi.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!