Apple «xuddi yangidek» iPhone 8 va 8 Plus’larni arzon sota boshladi

  •   DiMaX
  •  3345
  •  05.11.2018 16:23

Apple «xuddi yangidek» iPhone 8 va 8 Plus’larni arzon sota boshladi

O‘tgan yili kupertinolik kompaniya o‘zining yubiley superflagmani bilan birga iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus modellarini ham taqdim qilgan edi. Shundan bir yil o‘tib, Apple ushbu ikki modeldagi smartfonining «Rasman qayta tiklangan» versiyalarini sotuvga chiqardi.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone: xuddi o‘zi, ammo ancha arzon!

Ayni damda bunday smartfonlar faqatgina AQShda rasmiy savdoga qo‘yilgan, ammo keyinchalik ular boshqa mamlakatlar bozorlariga ham yetkazib berila boshlaydi.

«Xuddi yangidek» markirovkali iPhone 8 va 8 Plus modellari tillarang, kul rang va kumushrang tusli korpuslarda taqdim etiladi. Ularning barchasi faqat bir xildagi – doimiy xotirasi 64 gigabaytlik modifikatsiyadadir.

Qayta tiklangan iPhone 8 uchun 499 dollar narx belgilangan, bu esa shu modelning yangisidan 100 dollarga arzondir. iPhone 8 Plus’ning qayta tiklangani ham yangisidan yuz dollarga arzon – 599 dollardan sotilmoqda.

Darvoqe, yangi deb sotilayotgan ayfonning haqiqatan ham yap-yangi yoki qayta tiklangan smartfon ekanini aniqlay olasizmi? Buning eng oson yo‘lini mana bu maqolada batafsil ko‘rib chiqing.

O‘QING: Ikkita SIM-kartali va oddiy iPhone’larni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 5 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!