Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

  •   DiMaX
  •  1061
  •  25.09.2018 13:31

Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Xabaringiz borki, Apple iPhone XS hamda XS Max flagmanlari 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan yakka kristalli A12 Bionic protsessoriga ega. Olti yadroli CPU hamda to‘rt yadroli GPU’ni o‘zida jamlagan ushbu chipset smartfonlarning yuksak samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan.

O‘QING: iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Yaqindagina AnTuTu benchmarkidagi testda kupertinolik texnogigantning iPhone XS flagmani 363 525 ball bilan rekord qo‘ygan edi. Endi esa iPhone XS Max undan ham oshiq natija ko‘rsatdi – naq 372 106 ochko!

Aytish kerakki, AnTuTu benchmarkida eng yuqori natijani namoyon etgan Android-smartfon – Xiaomi Black Shark modeli 292 887 ball olgan. Ushbu o‘yinbop qurilma 10 nanometrlik Qualcomm Snapdragon 845 chipi bazasida ishlaydi.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Adolat yuzasidan aytib o‘tish kerakki, 7 nanometrlik A12 Bionic protsessoriga ega flagmanlarning kuchini xuddi shunday texnologik jarayon asosida tayyorlangan chipli smartfonlar bilan solishtirish to‘g‘riroq bo‘lardi. Ularning birinchisi esa Kirin 980 protsessorli Huawei Mate 20 Pro bo‘lib, hali 16 oktyabrda rasman taqdim etiladi.

Darvoqe, ayni damda dunyo bozoridagi eng kuchli smartfonlar – iPhone XS va iPhone XS Max ham, Apple korporatsiyasining boshqa smartfonlari ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolati bilan savdoga qo‘yilgan. Mutlaq rekordchi flagmanning to‘liq tavsifi bilan esa quyidagi maqolamiz orqali tanishishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!