Apple yana bir hamyonbop mahsulot ustida ishlamoqda

Apple yana bir hamyonbop mahsulot ustida ishlamoqda

Digitimes nashrining xabar berishicha, kupertinoliklar AirPods Pro quloqchinining arzonroq narx toifasidagi «Lite» versiyasi ustida ishlamoqda.Apple simsiz quloqchini (TWS) ning muvaffaqiyatidan ilhomlangan ko‘rinadi. Arzonroq AirPods chiqarilishi bilan simsiz naushniklar lineykasidagi mahsulotlar soni narx toifasiga ko‘ra uchtaga yetadi. Yangi versiyadagi TWS narxi 159 dollarlik AirPods 2 va 249 dollarlik AirPods Pro o‘rtasida bo‘ladi.

Xabarda yana aytilishicha, Tayvanning Universal Scientific Industrial (USI) kompaniyasi AirPods Pro Lite (ammo quloqchin nomi shunday bo‘lishi hozircha rasman tasdiqlanmagan) ning asosiy ta’minotchisi bo‘ladi. Gadjetga SiP chipi o‘rnatiladi.

AirPods Pro'ning arzonroq talqini joriy yil o‘rtalarida taqdim qilinishi kutilayotir, ammo koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab rejalar o‘zgartirilishi ham ehtimoldan holi emas.

Shunday qilib, yil oxiriga qadar Apple'ning AirPods savdosi umumiy hisobda 40—50% ga oshishi bashorat qilinmoqda.

O‘QING: AirPods Pro taqdim qilindi. Yangi aksessuarning oddiy AirPods'dan farqi nimada?