Apple yana bir taqdimotini e’lon qildi: unda nimalarni ko‘ramiz?

  •   DiMaX
  •  755
  •  03.11.2020 11:00

Apple yana bir taqdimotini e’lon qildi: unda nimalarni ko‘ramiz?

Kupertinolik korporatsiya bu yil kuzning o‘zida ikkita yirik onlayn namoyishini o‘tkazganidan xabaringiz bor. Endi esa Apple navbatdagi taqdimot tadbirini ham uyushtirayotganini rasman e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

Apple tarqatayotgan quyidagi taklifnomaga ko‘ra, mazkur namoyish 10 noyabr sanasiga (Toshkent vaqti bilan tungi soat 22:00 ga) belgilangan.

Ushbu tadbirda kutilayotgan asosiy mahsulot – ARM arxitekturasi asosida Apple’ning o‘zi tayyorlagan protsessorli noutbuk bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, o‘sha kuni biz yangi MacBook Air modellarini yoki «qayta tug‘ilgan» 12 dyuymlik MacBook’ni, balki yangi iMac monoblok kompyuterini ko‘ramiz.

Shuningdek, noyabrdagi taqdimotda to‘liq o‘lchamli AirPods Studio simsiz quloqchini, AirTag (yoki AirTags) nomli geo-brelok, «o‘yinbop» Apple TV telepristavkasi, Apple Glass to‘ldirilgan borliq ko‘zoynagi, AirPower simsiz quvvatlash stansiyasi ham namoyish etilishi mumkin.

O‘QING: Qoyilmaqom aqlli ko‘zoynak – Apple iGlass ikkita chiroyli videorolikda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.