Apple yana bitta uzoq kutilgan gadjetini tasdiqladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1445
  •  04.04.2020 17:33

Apple yana bitta uzoq kutilgan gadjetini tasdiqladi! (+video)

Kupertinolik texnogigant ayrim gadjetlarini ancha kechiktirib taqdim etib kelmoqda. Masalan, muxlislar bir necha yildan beri kutayotgan iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) smartfoni, naq «qabrdan qaytayotgan» AirPower simsiz quvvatlagichi haliyam chiqqani yo‘q.

O‘QING: iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

Shular qatorida AirTag (yoki AirTags) nomli geo-brelok, ya’ni Bluetooth-mayoqcha bo‘lib, Min-Chi Kuo prognoziga ko‘ra shu yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet ro‘yxatiga kirgan. Kuni kecha Apple ushbu sir tutib kelinayotgan aksessuarini YouTube’dagi rasmiy kanalida tasodifan oshkor etib qo‘ydi.

Aniqrog‘i – korporatsiyaning rasmiy kanalida «Lokator» ilovasining imkoniyatlarini namoyish etuvchi videolavha e’lon qilgan. Biroq foydalanuvchilar unda hali taqdim etilmagan AirTags haqida eslatma borligini sezib qolishgach, Apple o‘z xatosini payqagan va rolikni YouTube’dan olib tashlagan.

Shunga qaramasdan, ayrimlar bu lavhani ko‘chirib olishga ulgurishgan ekan, shulardan birini ko‘ramiz:

Ushbu videoning boshidan 1 daqiqayu 50 soniya o‘tgan joyidan boshlab ko‘rsangiz, 1:52-daqiqasida mana bu aks etgan:

Anglaganingizdek, yuqoridagi lavhada «Lokator» ilovasining sozlamalar menyusi ko‘rsatilgan, unda yangi opsiyasi – oflayn holatda narsalarni izlash ham aks etgan. Bu funksiyaning tavsifiga ko‘ra, iPhone’da hamda AirTags rusumli Bluetooth-mayoqchada ishlaydi.

Oflayn holatda buyumlarni qidirish imkoniyati AirTags ichidagi o‘ta keng polosali aloqa chipi – U1 yordamida amalga oshiriladi. Aytish kerakki, iPhone 11 turkumi smartfonlarida ham bu chip qo‘llangan bo‘lib, ayfonda internet o‘chiq bo‘lsa ham uni topish opsiyasiga mas’uldir.

Shu tariqa, AirTags tayyorlanayotganini Apple o‘zi bilmagan holda tasdiqlab qo‘ydi, ammo mazkur devaysning namoyish vaqti hozircha noma’lum.

O‘QING: iPhone SE 2020 – bo‘lajak xitni birinchi rasmiy suratda ko‘ring!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!