Apple yana uchta modeldagi ayfonini ataylab sekinlashtira boshladi

  •   DiMaX
  •  1090
  •  02.11.2018 17:24

Apple yana uchta modeldagi ayfonini ataylab sekinlashtira boshladi

Kupertinolik gigantning yangi modeldagi smartfonlari savdosini jonlantirish maqsadida eski rusumlardagi ayfonlarini sekinlashtirishi ma’lum bo‘lgan. O‘tgan yili shu bo‘yicha xaridorlari sudlashgan bo‘lsa-da, Apple yana shu qilig‘ini qo‘ymadi va raqibining masxarasiga sabab bo‘ldi.

O‘QING: Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

Endi ma’lum bo‘lishicha, Apple kuni kecha taqdim etilgan iOS 12.1 operatsion tizimi bilan yana eski modellardagi iPhone’larining ishlashini sekinlashtira boshlagan. Bu haqda uning rasmiy saytidagi qo‘llab-quvvatlash sahifasida quyidagicha yozilgan:

«iOS dinamik tarzda samaradorlikni boshqarib boradi, bu bilan iPhone kutilmaganda o‘chib qolishining oldini oladi va uning ish vaqtini oshiradi».

Avval bu funksiya iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone SE, iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus modellarida mavjud edi. iOS 12.1 versiyasi chiqishi bilan bulturgi iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X rusumli smartfonlarda ham tizimning ishlashi sekinlashtirila boshlagan.

O‘QING: Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!