Apple yangi iPad va MacBook Pro'larni ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilishi mumkin

Apple yangi iPad va MacBook Pro'larni ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilishi mumkin

Sentyabrdagi yangi iPhone'lar va Watch'lar taqdimotidan keyin Apple odatda oktyabrda ham yangi qurilmalarni taqdim qilish uchun tadbir o'tkazadi. Biroq Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple bu yilning oktyabrida taqdimot o'tkazmaydi: kompaniya yangi mahsulotlarni shunchaki sotishni boshlaydi.

Mish-mishlar qanchalik to'g'ri bunisi noma'lum, lekin Apple oktyabr oyida iPad 10 va iPad Pro 2022 planshetlarini, shu bilan birga, M2 chipi bilan 14 va 16 dyuymli MacBook Pro noutbuklarini chiqarishi kutilayotgan edi.

O'QING: iPhone 15 smartfonlari portida muhim o‘zgarish bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!