Apple yangi iPhone 13 seriyasiga Android tizimida ommalashgan funksiyani qo‘shmoqchi

Apple yangi iPhone 13 seriyasiga Android tizimida ommalashgan funksiyani qo‘shmoqchi

Apple smartfonlari bir necha yillardan beri Always On Display funksiyasiga ega emas edi. Mark Gurmanning Bloomberg'ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, keyingi avlod iPhone'lariga Always On Display funksiyasi qo‘shiladi. Ushbu funksiya iPhone'larda ekran o‘chiq bo‘lgan payt, sana, vaqt, bildirishnomlarni ko‘rsatadi.

Shuningdek, Gurman yangi avlod iPhone'lari kichik tirqishli displeyga ega bo‘lib, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytib o‘tdi. Biroq 120Hz ekran yangilanish chastotasi faqat iPhone 13 Pro modellarida bo‘lishi ehtimoli mavjud. iPhone 13 seriyasi Apple Bionic A15 chipseti hamda takomillashgan video yozuv imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Bloomberg: Apple yangi iPhone'lardan 90 milion dona ishlab chiqaradi