Apple yangi iPhone 14 modellarida muammolar bo‘layotganini tan oldi

Apple yangi iPhone 14 modellarida muammolar bo‘layotganini tan oldi

Ayni vaqtda Apple'ning yangi iPhone 14 modellarida muammolar kuzatilmoqda. Smartfonlar sotuvga chiqqandan beri ularda bir qancha muammolar aniqlandi. Shu vaqtgacha Apple ikki bor yangi qurilmalarga dastur yangilanishi jo‘natgan bo‘lsa-da, bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmayapti. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, CarPlay orqali telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish va ma’lumotlarni ko‘chirishda foydalanuvchilar muammolarga uchramoqdalar. CarPlay orqali qo‘ng‘iroq qilinganda ovoz juda ham yomon eshitilmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar Reddit va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida ushbu kamchilikdan shikoyat qilishmoqda. 

Avvalroq iPhone 14 Pro modellarining kamerasi uchinchi tomon ilovalari bilan ishlashda muammolarga uchrayotgani xabar berilgan edi. Keyinchalik Apple bu kamchilikni dastur yangilanishi bilan bartaraf etgan edi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro iPhone 13 Pro'ga qarshi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.