Apple yangi variantdagi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim qildi!

Apple yangi variantdagi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim qildi!

Har yilning bahor fasli boshida Apple yangi rangdagi iPhone'ni taqdim qiladi va kutilganidek, bu yilgi rang sariq bo'lib chiqdi.

Apple rasman o'zining iPhone 14 smartfonlarining sariq rangdagi variantini e'lon qildi. Ta'kidlash joizki, faqatgina iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarigina ushbu rangda sotuvga chiqariladi, Pro va Pro Max bundan mustasno.

Yangi sariq rang boshlang'ich iPhone 14 modellari allaqachon mavjud bo'lgan qora, ko'k, binafsha, oq va qizil ranglar qatoriga qo'shiladi. Sariq rangdagi iPhone oxirgi marta 2019-yilda, iPhone 11 seriyasida taqdim qilgan edi.

Yangi rangdagi iPhone 14 smartfonlari bilan birgalikda Apple bahoriy kayfiyat baxsh etadigan yangi Watch kamarlari va iPhone uchun silikon keyslarni chiqardi.

Apple ancha yillardan beri mart oyi boshida yangi rangdagi iPhone chiqarib keladi. Masalan, o'tgan yil bahorida biz iPhone 13 va 13 Pro modellarini yashil, undan avval esa iPhone 12 va iPhone 12 Mini modellarini och binafsha ranglarida ko'rgan edik. Aytish kerakki, smartfonlarning ranggidan boshqa hech qanday xususiyati o'zgarmaydi.

Yangi rangdagi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlariga kelayotgan juma, 10-martdan boshlab oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Sotuvlar esa 14-martdan boshlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!