Apple yoki Sony: jahonning eng kuchli smartfonlari kuch sinashdi

Apple yoki Sony: jahonning eng kuchli smartfonlari kuch sinashdi

Apple'ning iPhone X flagmani ayni paytda jahonning eng kuchli smartfonlari qatorida turadi. Narxi, dizayni, o‘ziga xos ayrim jihatlari bo‘yicha u raqiblarini yer tishlata oladi.

Yurtimizdagi Apple ishqibozlari bu smartfon uchun kamida 8 498 000 so‘m sarf qilishlari kerak bo‘ladi. Biroq bu puldan ham kamrog‘iga yaxshi smartfon modellaridan xarid qilish mumkin. Misol uchun, yaponiyalik Sony'ning yap-yangi Xperia XZ2 flagmani kuchli protsessori va nisbatan zamonaviyroq dizayni bilan ko‘zni oladi. Narx borasidagi farq ham 400 AQSh dollarigacha.

Xo‘sh, unda iPhone X olish kerakmi yoki Xperia XZ2? Quyida shu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz.

Dizayn: Muhim farqlar

Har ikkalasi ham kuchli flagmanlar bo‘lgan gadjetlar: ular metall va shisha uyg‘unligida tayyorlangan, ya’ni korpus oldi va orqasini shisha panellar mahkamlab turibdi. XZ2 uchun alyuminiy, iPhone X uchun po‘lat tanlangan.

XZ2 bir qarashda Android smartfonlarni eslatib yuboradi. Ayniqsa, old tomondan uni Pixel 2 XL modeliga o‘xshatish mumkin. Faqat ekran kattaroq va yonlari bir oz qayrilma. Xperia XZ2 korpusi alyuminiy sinch bilan o‘rab olingan va displey 3D shakliga ega Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Apple iPhone X old paneli yuqorisida kesiq yoki o‘yiq hudud bo‘lsa ham, uning old paneli maftunkor darajada ishlangan. Old panel deyarli ekrandan iborat. iPhone X bozordagi xushsuratlardan biri ekaniga shubha yo‘q.

Ekran: Sifat uchun kurash

Ekranlarning piksel sig‘imi u qadar ham farqli emas, Apple flagmani bir oz ustunroq: iPhone X ekranining pikseli  2436x1125 ta belgiga, Xperia XZ2 ekranining pikseli 2160x1080 ta belgiga teng.

5.8 dyuymli iPhone X ekrani OLED panelli hamda Samsung mahsuloti. Bilasiz, bunday panellar nisbatan qimmat va ilg‘or. Ya’ni, ranglar o‘rtasidagi qarama-qarishilk yuqori va ekran yorqin bo‘ladi. Yupqa hoshiyali dizayn esa ekranni oloms kabi tovlanishiga sbaba bo‘lgan.

Sony Xperia XZ2'ning 5.7 dyuymli ekrani 18:9 nisbatli o‘lchamda ishlangani bois, bir oz novcharoq. Va bu LCD matritsali. iPhone X ekranidan bu ekranning ustunligi bor - u HD sig‘imli videolarni HDR standartli qilib namoyish qiladi.

Shunday bo‘lsa ham, ekran borasida iPhone X yaqqol ustun.

Kamera: Kim kuchli?

iPhone X Apple'ning eng yaxshi kamerafoni. Apple iPhone X 2 ta 12 megapikselli sensorlari bilan kuchli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Katta va tezkor sensorlar yorqin surat oladi.

Sony'ning 19 megapikselli bosh sensorining aperturasi f/2.0 standartida. Ya’ni, raqibidan ancha past. Bosh kamera fazali aniqlash, lazerli avtofokus, LED fotochaqnoq, gibrid avtofokus, 5 o‘qli barqarorlashtirish kabi funksiyalarga ega. Unda 4K sig‘imli HDR video tasvirga olish mumkin. Biroq, optik barqarorlashtirish funksiyasi yo‘qligi tufayli yorug‘lik past sharoitda unda yaxshi surat olib bo‘lmaydi.

Xperia XZ2 kamerasining ustunligi bor - taassurotli sekinlashtirilgan video suratga oladi. Bosh kamera har sekundda 960 ta kadr muhrlaydi. iPhone X esa bor-yo‘g‘i 240 ta.

Xperia XZ2’ning 5 megapikselli old kamerasi Sony’ning 3D model skanerlash texnologiyasi yordamida foydalanuvchi qiyofasining virtual obrazini yaratishi mumkin.

Samaradorlik

Sony'ning smartfoni eng so‘nggi va kuchli Android protsessorga ega bo‘lgan. Snapdragon 845 avvalgi chipdan ham kuchliroq. 4 gigabaytli tezkor xotira esa imkoniyatni yanada oshiradi.

Biroq Apple'ning A11 Bionic chipi ustunligicha qolmoqda. Misol uchun, Geekbench benchmarkida Apple'ning A11 Bionic chipi 10,375 ball, Snapdragon 845 chipseti 8,409 ball to‘plagan.

Buning sababi Apple katta hajmli kremniy chiplardan foydalanadi. Ular raqibidan ikki barobar katta. Narxni ushlab turish uchun Apple ularni o‘zi ishlab chiqaradi.

Shunday bo‘lsa ham, Xperia XZ2 protsessori ham samarador va yuqori imkoniyatli.

Akkumulyator va bosh jihatlar

Apple'ning iPhone X smartfoni 2,716 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan. Xperia XZ2 bir oz kattaroq  3,180 mA soat tok sig‘imli batareya bilan ta’minlangan. Ularni simsiz va tezkor quvvatlash mumkin. Bu borada yaponiyalik ustun.

iPhone X modelining eng kichik talqini 64 gigabaytli, eng yuqori talqini 256 gigabaytli. XZ2 uchun 64 gigabaytli doimiy xotira tanlangan. microSD orqali doimiy xotirani 400 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

iPhone X old panelidagi TrueDepth sensori chinakam texnologik mo‘’jiza! Face ID tizimi juda murakkab va qulay. Sony esa xavfsizlik borasida barmoq izi skaneridan nariga o‘ta olmagan.

Xperia XZ2 modeli Hi-Fi audio texnologiyasi va Qualcomm’ning aptX HD chipiga ega bo‘lgan va stereo dinamiklar ovozni “S Force” texnologiyasi bo‘yicha 20 foizga yaxshilab beradi.

Xulosa

iPhone X nisbatan hashamdor smartfon. Xperia XZ2 dizayni esa an’anaviy. Imkoniyatlar borasida ham asosan ayfon ustun.

Biroq, narx borasida Xperia XZ2 ustun. Ayrim bozorlarda oradagi farq 400 AQSh dollarigacha. Xperia XZ2 modeli ham qator texnologik yangiliklar bilan ta’minlangan.

Doimgidek, so‘nggi tanlovni sizning ixtiyoringizda qoldiramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!