Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

  •   DiMaX
  •  3819
  •  26.06.2020 10:04

Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

Kupertinolik korporatsiya kuzda taqdim etiladigan iPhone 12’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin Apple’ning ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan...

O‘QING: RASMAN: iOS 14’gacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi!

Apple smartfon jamlanmasidan quloqchinni olib tashlab, nafaqat uning tannarxini psaytirish, balki shu orqali AirPods savdosini oshirishni ham ko‘zlagan. Endi esa Barclays banki tahlilchilari iPhone 12 turkumidagi smartfonlar borsida o‘z prognozlarini e’lon qilishdi. Ularning ma’lum qilishicha, o‘n ikkinchi avlod ayfonlar qutisida endi oddiygina quvvatlash uskunasi – zaryadnik ham bo‘lmaydi!

Bir tomondan qaraganda, avvaldan biror rusumdagi iPhone ishlatayotgan xaridorlarda ularning zaryadlagichlari bor va yangisiga hojat yo‘q. Shu sababli iPhone 12 qadog‘iga quvvatlagich qo‘shmasdan, uning tannarxini va yakuniy bahosini biroz pasaytirish o‘rinlidek ko‘rinadi. Lekin birinchi marta ayfon sotib oladiganlar-chi? Va umuman, qutisida zaryadnigi bo‘lmasa, smartfon jamlnmsini to‘liq deb hisoblash qanchalik to‘g‘ri!?

Hozircha bu – tahlilchilarning taxmini, xolos: ishonchli insayderlar hali bu borada fikr bildirishmagan. Apple’ning o‘zi-ku yangi mahsulotlari haqida taqdimotgacha biror ma’lumot bermaslikka odatlangan.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!