Apple’dan ham avval «xitoycha iPhone 12 Pro»ni taqdim etishyapti!

  •   DiMaX
  •  2280
  •  16.09.2020 12:51

Apple’dan ham avval «xitoycha iPhone 12 Pro»ni taqdim etishyapti!

Kupertinolik korporatsiya 15 sentyabr kuni o‘zining bir qator yangi mahsulotlarini namoyish qildi. Lekin fanatlar kutayotgan iPhone 12 turkumidagi smartfonlar unda ko‘rsatilmadi.

O‘QING: EKSKLYuZIV: iPhone 12’ni birinchi marta «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Yetakchi gadjetlarni klonlashtirish bo‘yicha ustasi farang xitoyliklar esa allaqachon iPhone 12 Pro modelining xitoycha nusxasini tayyorlab ulgurishdi. Bu – uncha tanilmagan Goophone kompaniyasining GooPhone 12 Pro rusumli smartfonidir.

Kompaniya bu modelida Apple iPhone 12 Pro flagmanining nomi va orqa paneli dizayniga ergashgani ko‘rinib turibdi. Umuman olganda, mazkur ishlab chiqaruvchi avval ham turli rusumlardagi iPhone hamda Samsung Galaxy telefonlariga o‘xshasha modellarni ko‘p chiqargan. Uning telefonlarida odatda MediaTek kompaniyasining arzon protsessorlari qo‘llanadi.

Goophone 12 Pro smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, uning kvadrokamerasi 48, 13, 5 hamda 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan. Ular bilan birga kvadrat shaklidagi kamera blogi markazida fotochaqnoq ham o‘rin olgan – xuddi iPhone 12 Pro renderlaridagi kabi.

Lekin «xitoycha iPhone 12 Pro»ning old tomoni kupertinoliklarning smartfonlariga o‘xshamaydi. GooPhone unda 6,7 dyuymlik, AMOLED matritsali FHD+ displey qo‘llagan. Ekranning yuqori chap burchagida esa 13 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqish o‘yilgan. Reklama renderida displey romlari ingichka qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida ular birmuncha qalin.

GooPhone 12 Pro modelining «ichki dunyosi»ga kelganda kompaniya ziqnalik qilmayapti. Bu smartfon tayvanlik chipsozning flagmani – MediaTek Dimensity 1000+ protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, unda hajmi 8 gigabaytlik, LPDDR4x turidagi tezkor hamda 128 gigabaytlik, UFS 3.0 standartli doimiy xotira qo‘llanyapti.

Ishab chiqaruvchi bu smartfonini tez kunlarda taqdim qilishga va’da bergan, ammo narxini hozircha aytmayapti. Balki rasmiy namoyishidan so‘ng uni Aliexpress kabi onlayn do‘konlarga ham chiqarishar, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!