Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

  •   DiMaX
  •  1917
  •  21.10.2020 14:09

Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

Esingizda bo‘lsa, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Apple ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan.

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Buni qarangki, kupertinoliklarning ustidan birinchi bo‘lib kulgan Xiaomi endi o‘zi ham smartfonlarining qutisida ayrim qisqartirishlarni amalga oshirmoqchi! Kompaniya bu haqda o‘zining rasmiy Twitter-akkauntida e’lon qilgan.

«Biz Atlantic Blue rangidagi #Mi10TLite qutisini ochib ko‘rdik – 😎. Unda siz kerakli narsalarning barini olasiz, faqat plastik chiqindilar soni kamroq bo‘ladi. Yevropadan boshlab, biz plastik qoldiqlar sonini taxminan 60% ga qisqartirishga harakat qilamiz», – deyiladi tvitda.

Ta’kidlash kerakki, bu yerda gap aynan qadoqning o‘zi ixchamlashuvi haqida ketyapti, aslo uning ichidagi detallar sonini qisqartirish emas. Yuqoridagi suratda ko‘rib turganingizdek, qutining ichida smartfon bilan birga quvvatlagich ham, shaffof g‘ilof ham mavjud.

O‘QING: iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!