Apple'ni yana sudga berishdi

Apple'ni yana sudga berishdi

Kutilmaganda, Cydia ilovalar do‘koni asoschisi Jey Friman iOS qurilmalariga ilovalar yetkazib berish borasida Apple va uning App Store'iga qarshi antimonopol da’vo bilan sudga murojaat qildi.

Da’vodan ko‘zlangan maqsad foydalanuvchi va dasturchilarga dasturiy ta’minot va to‘lovlar borasida App Store muqobilini taqdim qilishdir.

Cydia, shuningdek, Apple bilan halol raqobatga kirishib, kupertinoliklar yetkazgan ulkan zararni bartaraf qilishni ko‘zlagan shaxslarga iOS bozorining ochib berilishini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Cydia 2007-yilda (App Store'dan bir yil oldin) ochilgan va jeylbreyking qilingan iPhone'larga dasturiy ta’minot yetkazib beruvchi standart xab bo‘lib xizmat qilgan. Kelasi yili, Apple o‘zining App Store'ini taqdim qilib, Cydia va jeylbreyking amaliyotiga qarshi huquqiy kurash boshlagan.

Hozirga qadar, jeylbreyking amaliyoti texnik jihatdan noqonuniy emas, biroq App Store'dan boshqa manzildan ilova yuklasangiz, Apple'ning kafolat shartlarini buzgan hisoblanasiz. Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Apple atayin Cydia'ning raqobatiga chek qo‘ygan.

«Agar Apple noqonuniy monopoliyani qo‘llab-quvvatlamaganida va antikonkurent bo‘lmaganida, bugungi kunda foydalanuvchilar iOS dasturlarini qanday va qayerdan topishni, olishni tanlashlari mumkin edi. Ishlab chiquvchilar esa o‘zlari xohlagan iOS distribyutoridan foydalanishlari mumkin edi», deydi kompaniya.

Cydia 2018-yilning dekabrida xarid qilish mexanizmini to‘xtatgan. Kompaniyaning da’vosidan bir necha oy oldin Epic Games Apple'ning App Store'ining antikonkurent va monopolist amaliyotlariga qarshi da’vo qilgandi.

P.S. Jeylbreyking (ing. Jailbreak — «Qamoqdan qochish») — Apple tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlanmaydigan operatsiya bo‘lib, bu yo‘l bilan qurilmaning fayl tizimiga dasturlar uchun ruxsat ochiladi. Masalan, App Store'dan tashqari boshqa joylardan dasturlar yozish imkoni paydo bo‘ladi.

O‘QING: Apple va Facebook o‘zaro janjallashmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!