Apple'ning 8-mart uchun sovg‘asi tayyor

Apple'ning 8-mart uchun sovg‘asi tayyor

Juda ko‘p mish-mishlardan so‘ng, Apple, vanihoyat, 8-mart kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da yangi taqdimot o‘tkazishini rasman e’lon qildi.

2022-yilda kompaniyaning ilk tadbiri bo‘lishi kutilayotgan "Peek perfomance" nomli taqdimotda Apple uchinchi avlod iPhone SE, iPad Air, Mac va MacBook qurilmalarini taqdim qilishi tahmin qilinmoqda. 

iPhone SE 3 avvalgi ikkinchi avlodiga juda o‘xshash bo‘lishi, Touch ID'ga ega Home tugma, A15 chipi va 5G tarmog‘iga ega bo‘lishi mumkin. iPad Air ham katta ehtimol bilan 5G'ni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Mac qurilmalaridan Apple Mac mini M1 Pro va M1 Pro Max chipi bilan jihozlanish ehtimoli bor. Yana bir so‘nggi qurilma 13 dyuymli, M2 chipiga ega MacBook Pro ham, shu bilan birga, iOS 15.4'ning barqaror versiyasi ham taqdim qilinishi kutilmoqda. 

Taqdimot onlayn bo‘lib o‘tadi va uni siz apple.com saytida yoki Apple'ning rasmiy YouTube sahifasida  jonli efirda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro "qoshi"ning aniq o‘lchamlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!