Apple'ning AR/VR qurilmasi qachon chiqarilishi mumkinligi ma'lum qilindi

Apple'ning AR/VR qurilmasi qachon chiqarilishi mumkinligi ma'lum qilindi

Bugungi kunda Apple o'zining AR/VR qurilmasi ustida ishlayotgani hech kimga sir emas. Biroq, uning qachon va qanday narxda chiqarilishi hali ham noma'lum, edi, endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya uni keyingi yil boshida juda qimmat narxda chiqaradi. 

Taniqli Apple tahlilchisi, Ming-Chi Kuo o'zining Twitter sahifasida xabar qilishicha, kupertinolik kompaniya elektronika olamidagi o'zining navbatdagi inqilobiy mahsulotini 2023-yilning yanvar oyida taqdim qilishi mumkin. Ham AR, ham VR imkoniyatlarini o'zida mujassam etgan ushbu aralash reallik qurilmasi arzon bo'lmaydi: u 2000-2500 dollar o'rtasidagi narxda bo'ladi deb tahmin qilinmoqda. Ta'kidlanishicha, qurilma taqdimoti undan foydalanish holatlari, uning dasturiy ta'minoti, texnik xususiyati va xizmatlar ekotizimiga qaratilgan bo'ladi.

Kuoning qo'shimcha qilishicha, Apple bunday qurilmaning cho'ntakbop versiyasini 2025-yilda chiqarishi mumkin.

O'QING: iPhone 14 qatori kutilganidan kechroq chiqarilishi mumkin