Apple’ning eng qudratli kompyuteri – modulli Mac Pro 7.1 xususiyatlari ilk suratda!

  •   DiMaX
  •  860
  •  14.05.2019 10:55

Apple’ning eng qudratli kompyuteri – modulli Mac Pro 7.1 xususiyatlari ilk suratda!

Kupertinolik korporatsiya 3–7 iyun kunlari, Kaliforniya shtatining San-Xose shahridagi Mak-Eneri nomidagi konferensiyalar markazida WWDC 2019 tadbirini o‘tkazadi. Unda bir qator mahsulotlari qatori, Apple’ning modulli stol kompyuteri ham namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

Imgur nashri esa kecha Mac Pro 7.1 deb nomlanuvchi ushbu yangi kompyuterning xususiyatlarini ko‘rsatuvchi birinchi suratni e’lon qildi. Ekranda taqdimot tadbirida namoyish etishga tayyorlangan slayd aks ettirilgan va unda navbatdagi Mac Pro texnik jihatlari ko‘rinib turibdi. Ushbu hujjatning so‘nggi o‘zgartirilgan sanasi – 2018 yilning 7 noyabri bo‘lib, shuningdek, unda «faqat ichki foydalanish uchun» belgisi ham mavjud:

Ushbu slayddan Mac Pro 7.1 renderlari va asosiy texnik jihatlarini ko‘rib olishimiz mumkin. Agarda shu ma’lumotlar rost bo‘lib chiqsa, Apple ushbu kompyuterida parallelepiped ko‘rinishidagi klassik dizaynga qaytmoqda. Gadjetning o‘lchami anchagina yirik: 195x293x293 millimetr.

Mac Pro 7.1 kompyuterida yangi Intel Xeon W protsessori, bitta yoki ikkita AMD FirePro X yoxud NVIDIA RTX BTO videokartasi, Apple T2 rusumli ikkinchi protsessor, qandaydir Apple X2 akseleratori, DDR5 SO-DIMM turidagi xotira, «Thunderbolt 4»ni ham qo‘llab-quvvatlovchi sakkizta Thunderbolt 3 porti, ikkita HDMI 2.1 porti, 10 gigabitlik Ethernet hamda Bluetooth 5.1 interfeyslari qo‘llangan.

O‘QING: Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!