Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

  •   DiMaX
  •  4941
  •  30.07.2020 16:31

Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

Telegram asoschisi yaqindagina Apple va Google’ni jiddiy ayblab, ularning gegemonligini to‘xtatish yo‘lini ko‘rsatgan edi. Endi esa u shu mavzuni davom ettirib, Apple dasturchilardan olib qoladigan 30 foizlik haqning asossiz ekanligini yettita bandda ko‘rsatib berdi.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Pavel Durovning bu haqdagi rasmiy maqolasini Telegram Uzbekistan o‘zbekchalashtirib e’lon qilgan va unda shunday deyiladi:

Apple o‘zining monopol mavqeini saqlab qolish uchun juda ko‘p vositalarni PR va lobbizmlarga sarflaydi. Agar siz narxlar ko‘tarilishi va ilovalar sifatini pasaytirishga olib keladigan Apple kompaniyasining 30 foizlik haqi atrofidagi munozarani kuzatayotgan bo‘lsangiz, ehtimol, quyidagi yetti uydirmaning kamida bittasini uchratgansiz.

1-uydirma: 30 foizlik haq Apple’ga App Store’ni ta’minlashga imkon beradi

Aslida, Apple ilova dasturchilaridan olib qo‘yayotgan mablag‘larning ozgina qismini App Store ta’minotiga sarflaydi. Apple har yil choragida uchinchi tomon ilovalar dasturchilaridan milliardlab AQSh dollari miqdorida mablag‘ yig‘ib oladi. Biroq, Apple’ga xosting xarajatlari va ilovalarni moderatsiya qilish xarajatlari milliardlarda emas, balki atigi o‘n millionlab dollarlarda hisoblanadi. Biz Telegram’da buni bilamiz: chunki biz App Store’ga qaraganda ancha ko‘proq ommaga ochiq bo‘lgan kontentni joylashtiramiz va moderatsiya qilamiz. Har qanday katta video platformani ta’minlash App Store kabi ilovalar katalogini ta’minlashdan ko‘ra ko‘proq serverlar va moderatorlarni talab qiladi.

2-uydirma: 30 foizlik haq Apple’ga yaxshiroq smartfonlar yaratish imkonini beradi

Apple kompaniyasi zaxiralarida 200 milliard dollarga yaqin bo‘sh mablag‘ mavjud va kompaniya bir necha yillardan beri uni nima qilishni bilmaydi. Apple startaplardan ular o‘sishi uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan undirilgan pullar xuddi kompaniyaning offshor hisoblarida abadiy qolgan chog‘i. Apple so‘nggi yillarda Android’dagi flagmanlarga apparat va funksionallik jihatidan yetib olishga urinmoqda. Apple jamoasi so‘nggi vaqtlarda innovatsion g‘oyalarni dunyoga keltirib chiqarmayapti, boshqalardan nusxalashda esa dasturlash ko‘p mablag‘ talab qilmaydi. Shunday ekan, 200 milliard dollar, shu jumladan dasturchilardan olingan mablag‘lar smartfonlarni yaxshilash uchun ishlatilmaydi.

3-uydirma: har kim o‘z tizimini yaratishi va Apple bilan raqobatlasha boshlashi mumkin

Muammo raqobatdosh mobil operatsion tizimni (OT) ishga tushirishda emas, balki uchinchi tomon dasturchilarni yangi OT uchun ilovalar yaratishga ishontirishdadir. Bu ikkinchisi birinchidan, birinchisi esa ikkinchidan chiqadigan juda ayanchli ish: dasturchilar yetarli miqdordagi foydalanuvchilarning yetishmasligi sababli yangi tizim uchun ilovalar yaratmaydilar va foydalanuvchilar uchinchi tomon ilovalarining yetarli sonining yo‘qligi sababli yangi tizimda ishlaydigan telefonlarni xarid qilmaydilar. Hatto dasturchilar orasida katta ta’sirga ega bo‘lgan ulkan kompaniya – Microsoft ham o‘z Windows Phone smartfonlari loyihasini yopishga majbur bo‘ldi, chunki u o‘z operatsion tizimi uchun Instagram kabi dasturlarni ololmadi. Kimdir yangi va o‘zgacha variantni yaratishga qancha sarmoya kiritishi muhim emas: 2020 yilda mobil OT bozori yangi o‘yinchilar uchun deyarli yopiq.

4-uydirma: agar Apple bo‘lmaganida, mobil ilovalar dasturchilarida foydalanuvchilar bo‘lmas edi

Buning aksi haqiqat: agar iPhone’da uchinchi tomon ilovalari bo‘lmaganida, uni 2020 yilda deyarli hech kim xarid qilmas edi. Apple mobil ilovalarni ixtiro qilmagan va agar ular bo‘lmaganida, bir oz yil o‘tgach, boshqa bir kompaniya imkoniyatlarga boy mobil OT uchun o‘sib borayotgan bozor ehtiyojlarini qondirar edi. Dunyo kompyuterlardan mobil qurilmalarga o‘tishidan oldin, turli xizmatlar dasturchilari yuz millionlab odamlarning foydalanuvchi bazalarini to‘plab olishgan va desktop (stol kompyuteri) operatsion tizimlari yaratuvchilariga hech haq to‘lamaganlar. Iqtisodiy jihatdan ko‘plab ommaviy xizmatlar dasturchilari uchun App Store’ning kelishi yaxshi tomonga emas, balki yomon tomonga o‘zgarish bo‘lgan.

O‘QING: Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

5-uydirma: agar dasturchi Apple haqini xush ko‘rmasa, u Android uchun ilovalarni yaratishi mumkin

Aslida, dasturchilar iOS va Android o‘rtasida tanlov qila olishmaydi: agar ular ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatni ishga tushirishni xohlasalar, mobil duopoliyasining (Apple va Google) ikkala platformasi uchun ilovalar yaratishga majbur bo‘lishadi. Telegram yoki Tik Tok’ni faqat Android uchun ishlab chiqilganini tasavvur qilishga harakat qiling va nima uchun bu mumkin emasligini tezda tushunib yetasiz. iPhone foydalanuvchilarini bemalol istisno qilib bo‘lmaydi. Iste’molchi uchun iOS’dan Android’ga o‘tishning narxi shunchalik kattaki, bu monopoliyani egallab olish tushunchasiga mos keladi (qo‘shimcha ma’lumot uchun Yel universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan «Apple’ga qarshi antimonopol ishi» bilan tanishib chiqing).

6-uydirma: App Store’ning 30 foizlik haqi boshqa o‘xshash platformalarning haqlari bilan teng

Yaqinda Apple Android’dagi Google Play kabi platformalar ham 30 foizli haq undirayotgani haqida so‘zlab o‘tilgan tadqiqotga buyurtma berdi. Ushbu taqqoslash noto‘g‘ri, chunki Android foydalanuvchilari nafaqat Google Play’dan, balki boshqa manbalardan ham ilovalarni o‘rnatishi mumkin. Android’da, shuningdek, o‘z ilova kataloglarini yaratish imkoniyati mavjud. Bozor tadqiqotida aytib o‘tilgan boshqa platformalarga kelsak, ular hech qanday tarzda mobil OT bilan bog‘liq emas va ularni foydalanuvchilar soni/ilovalar soni/raqobatdosh platformalarga o‘tish narxi bo‘yicha iOS va Android bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

7-uydirma: tartibga soluvchilarning e’tiborini Apple kompaniyasining harakatlariga qaratishga urinish erkin bozor va adolatli raqobat g‘oyalariga zid

Apple sof «erkin bozor» o‘yinchisi emas, chunki kompaniya tartibga soluvchilarning imkoniyatlaridan jeilbrekni kriminallashtirishda faol foydalanadi (ya’ni App Store’dan bo‘lmagan ilovalarni o‘rnatishni kriminallashtirish uchun), bu u sotilgan har bir telefon ustidan to‘liq nazorat qila olishini kafolatlaydi. Apple kompaniyasining monopoliyasi azaldan bozor mexanizmlariga tartibga soluvchilar aralashuviga asoslanganligi sababli, uni libertarian nuqtasidan himoya qilish g‘alatidir. Apple kompaniyasiga o‘z monopoliyasini amalga oshirishga hukumat yordam berar ekan, ular ham ushbu monopoliyaning salbiy oqibatlari uchun javob berishlari kerak.

Xullasi kalom, hozirda Apple kompaniyasi ustidan antimonopol tekshiruv Yevropada va AQShda boshlangan va kompaniya bu uydirmalarni tarqatish borasidagi sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirsa ajab emas. Apple lobbistlari va PR-agentlari jamoatchilikni yo‘ldan ozdirganda, bo‘sh turmaslik lozim. Biz – foydalanuvchilar va ilova yaratuvchilari – o‘z manfaatlarimizni himoya qilishni boshlashimiz kerak. Apple aqlli ravishda bizni tuzoqqa tushirdim, deb o‘ylashi mumkin, chunki biz allaqachon ularning smartfonlarini juda katta miqdorda xarid qilib bo‘lganmiz va ular uchun juda katta miqdorda ilovalarni yaratib bo‘lganmiz. Ammo biz ularning bozor holatidan suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

2020 yil 28 iyul,

Pavel Durov

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!