Apple'ning sentabrdagi taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi!

Apple'ning sentabrdagi taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi!

Apple tez orada o'zining WWDC 2022 tadbirini o'tkazishi kutilmoqda, lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, kupertinolik kompaniyaning sentabrdagi eng katta taqdimotiga ham sanoqli oylar qolmoqda va har doimgidek, internetda taqdimotdan oldin u haqidagi ma'lumotlar tarqalib ulgurdi.

iDropNews nashrining o'zining manbalariga asoslanib xabar berishicha, Apple yilning 37-haftasi uchun katta nimadir rejalashtirib qo'ygan va agar kompaniya o'zining tadbirlarini seshanba kunlari o'tkazishini hisobga olinadigan bo'lsa, kupertinoliklar 13-sentabrda yangi taqdimot o'tkazadi. Albatta, bu rasmiy ma'lumot emas, lekin mish-mishlar buni tasdiqlaydi.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, taqdimotning onlayn yoki oflayn bo'lishi hozircha noma'lum, chunki bu COVID holatlariga bog'liq. Bu haqidagi aniq ma'lumot avgust oylarida chiqishi mumkin, chunki kompaniya onlayn taqdimot qiladigan bo'lsa, uning uchun videolarni shu oyda olishni boshlaydi.

Tadbirda, Apple o'zining iPhone 14 smartfonlari qatorini, AirPods Pro 2 simsiz quloqchinlarini va yangi Apple Watch 8 smartsoatlari taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: iPhone 14 Pro kamerasi smartfon orqasining yarmidan ko‘pini egallaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!