Apple'ning sun'iy yo'ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmati bir odamning hayotini saqlab qoldi!

Apple'ning sun'iy yo'ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmati bir odamning hayotini saqlab qoldi!

Apple yaqinda o'zining iPhone 14 smartfonlaridagi sun'iy yo'ldosh orqali favqulodda yordam so'rash funksiyasini AQSh va Kanada hududlarida faollashtirdi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu xususiyat allaqachon bir odamning hayotini saqlab qolinishga sabab bo'lgan.

Alyaska jamoat xavfsizligi departamentining bergan hisobotga ko'ra, 1-dekabr kuni Alyaska shtat askarlari Noorvikdan Kotzebuega qor mashinasida ketayotgan odamdan favqulodda chaqiruvni qabul qilishgan. Aloqa mavjud bo'lmagan olis joyda qolib ketgan katta yoshli erkak o'z holati haqida xabar qilish uchun iPhone 14 smartfonining sun'iy yo'ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmatini yoqqan. Shundan so'ng, Shimoliy-G'arbiy Arktika tumani qidiruv va qutqaruv koordinatori to'rtta ko'ngilli qidiruvchini Nimiuk punkti hududiga Apple favqulodda yordam markazi tomonidan ulashilgan GPS koordinatalariga to'g'ridan-to'g'ri qidiruvga yuboradi. Natijada erkak muvaffaqiyatli qutqarib olingan va Kotzebuega yetkazilgan.

MacRumors'ning aytishicha, qutqaruvchilar Apple'ning sun'iy yo'ldosh orqali ishlaydigan favqulodda SOS funksiyasi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarning aniqligi va to'liqligidan hayratda qolishgan. Ta'kidlash joizki, funksiya qutqaruv missiyalarini tezlashtirish uchun ogohlantirish yuborilishidan oldin bir nechta savollarni beradi.

Yuqorida aytilganidek iPhone 14 smartfonlarida sun'iy yo'ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish funksiyasi hozirda AQSh va Kanadada ishlaydi. Apple ushbu xususiyatni shu oyning oxirida Fransiya, Germaniya, Irlandiya va Buyuk Britaniyanigacha kengaytirishni rejalashtirgan.

O'QING: Kriptofiribgarlik uchun 18 oy qamoq jazosi berilgan "yolg‘iz xaker" haqida

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!