Apple'ning Ultra smartfoni Pro Max o'rnini egallamaydi

Apple'ning Ultra smartfoni Pro Max o'rnini egallamaydi

O'tgan yilning sentabr oyida Bloomberg nashridan Mark Gurman o'z manbalariga asoslangan holda Apple yangi avlod iPhone seriyasi bilan o'zining "Pro Max" nomli modelini "Ultra"ga almashtirishi haqida xabar bergan edi. Biroq, uning so'nggi tahminlariga ko'ra, kompaniya Pro Max'ni ham saqlab qolgan holda Ultra modelini chiqaradi.

Gurmanning ta'kidlashicha, Apple o'zining iPhone Ultra smartfonini iPhone 16 seriyasida, Pro va Pro Max'dan ham yuqoriroq model sifatida taqdim qiladi. O'z nomidan ma'lumki, iPhone Ultra texnik xususiyatlar borasida yanada kuchliroq, shu bilan birga, qimmatroq bo'ladi.

O'tgan hafta bo'lib o'tgan Apple daromadlari muhokamasida Tim Kuk, kompaniya rahbari, iPhone odamlar hayotining ajralmas qismiga aylanganligini va uning fikricha odamlar uning eng yaxshisini olish uchun chindan ham pul to'lashga tayyor ekanligini aytgan edi.

Hozircha iPhone Ultra qanday xususiyatlarga ega bo'lishi bizga biroz qorong'u, lekin Gurmanning ta'kidlashicha, qurilma yanada yaxshiroq kamera, tezkor chip va ehtimol kattaroq displey taklif qilishi mumkin. Qolaversa, u zaryadlash portisiz, faqat simli quvvatlanadigan dizaynga ega bo'lishi mumkinligi ham tahmin qilinmoqda.

iPhone 15 seriyasiga to'xtaladigan bo'lsak, bo'lajak smartfonlarning barchasi "dinamik orol" xususiyatiga ega bo'lishi, shu bilan birga, Lightning emas, USB Type-C porti bilan jihozlanishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro: qanday farqlar bor?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!