Apple'ning yana bir smartfoni yo'l oxiriga yetib keldi

Apple'ning yana bir smartfoni yo'l oxiriga yetib keldi

Apple o'zining iPhone 5c smartfonini 2 yil avval, 2020-yil oktyabrida vintajlar qatoriga qo'shgan edi - bu kompaniyaning 5 yildan ortiq, 7 yildan kam vaqt ichida sotuvga chiqmagan mahsulotlari ro'yxati bo'lib, kompaniya va uning sevis provayderlari bunday turdagi mahsulotlar uchun faqat ma'lum bir qismlarni ta'mirlash kabi xizmatlarni taqdim qila olishadi.

Endilikda kompaniya o'zining rasmiy servis provayderlariga yuborgan xatdan ma'lum bo'lishicha, iPhone 5c smartfoni 1-noyabrdan kompaniyaning eskirgan mahsuloti hisoblanadi va unga hech xizmat ko'rsatilmaydi. Shuningdek, Apple aynan shu kuni Wi-Fi va TD-LTE xususiyatlariga ega bo'lgan uchinchi avlod iPad mini modelini ham "pensiyaga chiqarish"ni rejalashtirgan.

2013-yilda iPhone 5s bilan chiqarilgan iPhone 5c o'zining plastik tanasi va o'ta yorqin ranglari bilan barcha Apple smartfonlari orasida ajralib turar edi. Shuningdek, ushbu model kompaniyaning byudjet sinfdagi xaridorlari uchun chiqarilgan eng birinchi hamyonbop smartfoni bo'lib, uning 16GB xotirali modeli narxi Amerikada atigi $99 bo'lgan.

O'QING: Google ham qatordan qolmadi. U o‘z taqdimotida Apple'ni masxara qildi!