Apple’ning yangi rekordi: u qiymati $2 trillionga yetgan ilk AQSh kompaniyasi bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  600
  •  20.08.2020 10:23

Apple’ning yangi rekordi: u qiymati $2 trillionga yetgan ilk AQSh kompaniyasi bo‘ldi

Biz avvalroq Apple va Microsoft kompaniyalari kapitallashuvi 1,5 trillion dollarga yetgan tarixdagi ilk kompaniyalar bo‘lgani haqida yozgan edik. Kupertinolik korporatsiyaning bozor kapitalizatsiyasi allaqachon 2 trillion dollarga ham yetib ulgurdi!

O‘QING: Apple ham, Microsoft ham emas: Tramp boshqa kompaniya TikTok’ni xarid qilishini ma’qulladi

Kecha – 19 avgust kuni Apple aksiyalarining narxi $467,77 ga qadar ko‘tarildi. Natijada kupertinolik korporatsiya kapitalizatsiyasi 2 trillion dollarga yetgan ilk AQSh kompaniyasiga aylandi.

Aytish kerakki, kompaniya qiymat mazkur raqamda qotib qolmaydi: aksiyalari arzonlashsa, bozor kapitalizatsiyasi ham shunga yarasha pasayib boraveradi. Lekin baribir, atigi 2 yilgina avval Apple qiymati 1 trillionga yetgan edi, endi esa bu ko‘rsatkich ikki baravarga oshdi.

Darvoqe, jahon miqyosida oladigan bo‘lsak, 2 trillionlik marraga birinchi bo‘lib Saudiya Arabistonining milliy kompaniyasi bo‘lgan Saudi Aramco gaz va neft giganti erishgan. Yaqindagina aksiyalar narxlarining o‘ynashi natijasida Apple hatto uni ham quvib o‘tgan va qisqa muddatga dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylangan edi.

O‘QING: Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!