Apple'ning yangi tirqish "innovatsiya"si kulguga qoldi

Apple'ning yangi tirqish

Bir necha kun oldin Apple yilning eng uzoq kutilgan smartfonlari - iPhone 14 qatorini taqdim qildi. Yangi avlod iPhone seriyasidagi Pro modellar, kutilganidek, old tomonida Face ID va selfi kamera uchun yangicha tirqish dizaynida chiqarildi va kupertinolik kompaniya uni "Dynamic Island", ya'ni "dinamik orol" deb nomlanadi. Biroq, kompaniyaning yangi tirqish "innovatsiyasi" kulguga qoldi. Internetda u bilan bog'liq ko'plab memlar paydo bo'ldi:


Hatto, ZTE ham qatordan qolmadi. Xitoylik kompaniya o'zining rasmiy Weibo sahifasiga smartfonlar bozoridagi barcha telefonlarning tirqishlariga bag'ishlangan videoni joyladi.

Videoda ZTE o'zining Axon 40 Ultra smartfoni hech qanday orollarsiz, teshik-tirqishlardan holi bo'lgan to'liq ekranga ega ekanligi bilan maqtanadi. Aytish kerakki, kompaniya bu video bilan nafaqat iPhone 14 Pro, balki, boshqa Android smartfonlariga ham "tosh otgan".

Android smartfonlaridan farqli o'laroq iPhone 14 Pro modellaridagi uzunchoq tirqish shunchaki "tirqish" emas. U iOS 16 bilan turli xil qiziqarli xususiyatlarga ega. Masalan, u o'z o'lchamini kengaytirish orqali boshqa ilovalar bilan birlashib ishlashi mumkin.

O'QING: iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!