ApplePay tizimini O‘zbekistonda joriy etish taklif qilindi

ApplePay tizimini O‘zbekistonda joriy etish taklif qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Apple kompaniyasining davlat tashkilotlari bilan aloqalarga mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda kompaniya va AKT vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda Apple kompaniyasi faoliyatini kengaytirish, jumladan, joriy etilayotgan 5G tarmoqlarida iPhone'dan foydalanish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish va Appstore'da mahalliy dasturchilarga imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kompaniya vakillariga kelgusida mamlakatimizda ApplePay tizimini joriy etish, Swift dasturlash tilini ommalashtirish yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish taklif etildi.

O‘QING: 2022 yil aprel oyiga ko‘ra eng ko‘p sotilgan smartfonlar top o‘ntaligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!