Aprelda ham Redmi'dan yangi smartfon kutavering

Aprelda ham Redmi'dan yangi smartfon kutavering

Xiaomi bir necha kun oldin Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra, Mi 11 Lite 5G, Mi Smart Band 6 va Mi Mix Fold qurilmalarini taqdim qilgan edi. Biroq kompaniya bu bilan chegaralanib qolmoqchi emas.

O‘QING: 400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi? 

Redmi subbrendining Mahsulotlar bo‘yicha direktori Uang Teng Tomasning ishora qilishicha, aprel oyida yana yangi qurilmalar namoyish qilinishi mumkin.

Weibo tarmog‘idagi foydalanuvchilardan biri aprelda yangi smartfon chiqmasligi haqida izoh qoldirgach, Redmi direktori buni rad etib, yangi oyda yangi mahsulot taqdim qilinijakligiga ishora berdi:

Foydalanuvchi: «Xayrli tong. Aprelda yangi smartfon chiqmasa kerak», deb bildirgan izohga Teng Tomas: «Sizga bu gapni kim aytdi?» mazmunida javob bergan.

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Redmi'ning navbatdagi smartfoni Dimensity 1200 chipi bilan jihozlanishi mumkin. Ushbu chipsetni unumdorlik borasida Snapdragon 870 bilan qiyoslasa bo‘ladi. Qurilmaning boshqa taxminiy jihatlari qatoriga 5,000 mAs akkumulyator, 65 Vt da quvvatlanish imkoniyati va aylanasimon selfi kameraga ega yassi OLED displey kiradi. 

Smartfon narxi esa 300—380 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi 2020 yilda qancha foyda olganini ma’lum qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!