Aqlli fitnes brasleti yoki aqlli soat?

Aqlli fitnes brasleti yoki aqlli soat?

Kecha Xiaomi kompaniyasi Leica brendi ostidagi kameralarga ega Xiaomi 12S seriyasidagi smartfonlari bilan birga o'zining ilk Pro variantdagi Mi Band aqlli soatlarini ham taqdim qildi.

Xiaomi Mi Band 7 Pro - bu smartsoat va smartbraslet o'rtasidagi qurilma bo'lib, u oddiy modellardan o'zining 1.64 dyuymli katta AMOLED displeyi va GPS qo'llab-quvvatlanishi bilan ajralib turadi. Qurilmaning 326 PPI piksel zichligiga ega ekrani AOD ("always-on display", ya'ni "doimiy yoniq turadigan displey)" xususiyatini qo'llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, ushbu qurilma avvalgi Mi Band 7 fitnes brasleti kabi doimiy yurak urish tezligini kuzatish, uyqu monitoringi, qon-kislorod monitoringi xususiyatlari va turli mashqlar rejimlariga ega. Qo'shimchasiga, u aqlli bildirishnomalar, musiqa va kamerani boshqarish, telefoninni topish, kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish (NFC), ovozli boshqarish funksiyalarini ham taqdim qiladi.

Mi Band 7 Pro soati 180 xil ichki o'rnatilgan yuzlarga ega bo'lib, unda ichki va tashqi sport turlarini o'z ichiga oladigan 117 xil sport rejimlari mavjud. Ta'kidlash joizki, soat metall korpusga ega va 5ATM darajasidagi suvga chidamli yoxud tushunarli qilib aytadigan bo'lsak, u basseynda suzishingiz mumkin (lekin chuqurlikka sho'ng'ish tavsiya qilinmaydi). 235 mA/s batareya bilan gadjetdan oddiy foydalanishda 12 kun, ko'proq foydalanishda esa 6 kungacha foydalanish va uni tahminan 1 soatda to'liq quvvatlantirish mumkin.

Xiaomi ushbu qurilmani hozirda Xitoy bozorlarida payshanbagacha 57 dollar, undan keyin esa 60 dollar narxda sotishni boshlangan. Uning global bozorga chiqarilish/chiqarilmasligi hozircha noma'lum.

O'QING: Eng kuchli Xiaomi smartfoni taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!