AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

  •   DiMaX
  •  1525
  •  17.09.2019 10:46

AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

«Terminator» turkumidagi filmlardan xabaringiz bor – ularning syujeti asosida kelajakda robotlarning, mashinalarning insoniyatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishi yotadi. Biroq ayrim olimlar «bu shunchaki fantastika emas, borib-borib shunaqa bo‘lishi ham mumkin», degan fikrdalar.

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Jumladan, Google sobiq muhandisi Laura Nolan shundan xavotirda: uning ta’kidlashicha, yangi avlod robotlashtirilgan qurollarning «xulqi»ni kelajakda nazoratga olib bo‘lmay qolishi mumkin. Nolan o‘zi shu soha mutaxassisi bo‘lib, AQSh armiyasidagi pilotsiz jangovar samolyotlarning sun’iy idrokka asoslangan algoritmi ustida ishlagan. Biroq protest (norozilik) belgisi sifatida ishni tark etgan.

Nolan, ayniqsa, inson tomonidan emas, balki kompyuter tomonidan boshqariluvchi robotlashtirilgan qurollarning xavfli ekanini ta’kidlamoqda. «Qotil robot»lar oldindan dasturlashtirilmagan va taxmin qilib bo‘lmaydigan algoritm bo‘yicha harakat qila oladi. Bu esa fojiaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi muhandis. U harbiy robotlarni taqiqlash kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Aytish kerakki, sun’iy ong (sun’iy intellekt, sun’iy idrok) qo‘llanish sohasi juda ko‘lamdor va afsuski, u harbiy texnikaga ham joriy etilmoqda. Buning oqibatlari yomon bo‘lishi haqida

Shuningdek, Terabayt.uz saytida robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robotning endi oila qurishni istagan va singilli bo‘lgan, shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan.

«Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan, odamsimon robot odamlarni yo‘q qilishini aytgan, Ilon Mask odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi. Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektor ish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!