AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

  •   DiMaX
  •  990
  •  12.04.2018 11:07

AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

Avval xabar berganimizdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 50 milliondan oshiq foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasiga «sizib chiqib» ketgan. Bu ish bo‘yicha kompaniya asoschisi Mark Sukerberg mamlakat Kongressida ko‘rsatma berdi.

O‘QING: Sukerberg sizning Facebook’dagi ma’lumotlaringizni tarqatgani uchun Kongressda javob beradi

Facebook asoschisi Mark Sukerberg 10 va 11 aprelda AQSh Kongressi a’zolari qarshisida chiqish qildi. 44 senatorning har biriga Mark bilan suhbatlashish uchun 5 daqiqadan vaqt ajratilgan.

Sukerberg bunda Facebook foydalanuvchilari oldidagi aybini tan oldi va tarmoqdagi foydalanuvchilarga oid shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi o‘zining xatosi bilan sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Facebook asoschisi ushbu chiqishi chog‘ida O‘zbekistonni ham tilga olgan. Xususan, unga ko‘ra Internet Research Agency (IRA) 270 ta sahifa hamda bu profillar orqali aholisi rus tilida so‘zlashuvchi bir nechta mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham targ‘ibot ishlarini olib borishgan.

O‘QING: Sukerberg: "O‘zbekiston rossiyalik trollar nishonida bo‘lgan"

Kongress oldidagi chiqishining ikkinchi kunida Facebook asoschisi qiziq bir gap aytgan. Sukerbergning ta’kidlashicha, hatto o‘zining shaxsiy ma’lumotlari ham uchinchi shaxslar qo‘liga tushib qolgan ekan! To‘g‘ri, o‘zining bu ma’lumotlari aynan nimalardan iborat ekanini va ular kimning qo‘liga tushganiga Mark aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, Sukerberg asoschisi ijtimoiy tarmoqlarning tashqaridan tartibga solib borilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, Facebook’ning terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasi haqida ham gapirib bergan.

O‘QING: Facebook tasodifan o‘z moderatorlarining hayotini xavfga qo‘ydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!