AQSh sudi dronlar ro‘yxatga olinishini bekor qildi

AQSh sudi dronlar ro‘yxatga olinishini bekor qildi

AQSh apellyasiya sudi kvadrokopterlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini bekor qildi. Endi amerikaliklar dronlarni Federal fuqarolik aviatsiyasi agentligidan ro‘yxatdan o‘tkazishlari majburiy emas.

2015 yilda AQShda dronlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy qilib belgilangan edi. O‘shanda mamlakat bo‘ylab 2 kun ichida 45 mingdan ziyod bunday uchuvchi vositalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2017 yilning mart oyida bu raqam 770 mingtaga oshgan.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun dron egasi hukumatga ism-familiya, turar-jon manzili hamda elektron pochtasini ma’lum qilib, $5 dollar davlat bojini to‘lashi kerak bo‘lar edi. Shundan so‘ng qurilmaga maxsus — ro‘yxatdan o‘tkazilganligini anglatuvchi yorliq yopishtirilgan.

Dronni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik $250 ming dollargacha jarima solinishiga asos bo‘la olar edi. Aviamodelchilik bilan shug‘ullanadigan qiziquvchan Jon Teylor 2016 yilda dronlarni ro‘yxatga oluvchi Federal fuqarolik aviatsiyasi agentligini sudga bergan.

Sud qaroriga ko‘ra, dronlar aviamodel turi hisoblanib, qonun bo‘yicha ularni ro‘yxatga olish xato hisoblanadi. Sudning fikricha, agentligik odamlar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan uchar moslamalarni boshqarishga haqli emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!