AQSh sudi TikTok’ka qarshi Tramp taqiqini to‘sib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  410
  •  28.09.2020 13:59

AQSh sudi TikTok’ka qarshi Tramp taqiqini to‘sib qo‘ydi

Mamlakat ma’muriyatining TikTok ijtimoiy tarmoq dasturini Google va Apple ilovalar do‘konlaridan olib tashlash to‘g‘risidagi qarorining kuchga kirishini AQSh sudi vaqtincha to‘sib qo‘ydi. Bu haqda TASS bergan xabarga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Tramp nihoyat ma’qulladi: TikTok’ni amerikalik ikkita kompaniya sotib olyapti!

Aslida taqiq 20 sentyabrdan kuchga kirishi kerak edi, ammo AQSh prezidenti Donald Tramp 19 sentyabr kuni jurnalistlarga TikTok'ning Amerikadagi aktivlari Oracle va Walmart tomonidan sotib olinishini ma’qullaganini aytdi.

Shundan so‘ng, Savdo vazirligi ilovani yuklab olish taqiqining kuchga kirishini bir haftaga – 27 sentyabrga qoldirdi. Shu bilan birga, 12 noyabrdan AQSh ma’murlari TikTok’ning mamlakatdagi faoliyatini cheklashni boshlashni rejalashtirmoqda.

Hujjatlarga ko‘ra, sudya Karl Nikols TikTok egalarining ilovani yuklab olishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror kuchga kirishi to‘g‘risida vaqtinchalik bloklash to‘g‘risidagi iltimosini qondirdi. Ammo u «hozircha» hukumatning mamlakatdagi ijtimoiy tarmoq ishini cheklash to‘g‘risidagi 12 noyabrdan boshlab qabul qilgan qaroriga nisbatan xuddi shunday taqiq haqidagi talabni rad etdi.

O‘QING: TikTok’ka navbatdagi zarba: YouTube uning raqibini ishga tushirdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.