AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  1158
  •  28.11.2018 12:57

AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

Xabaringiz borki, kupertinolik texnogigant o‘z gadjetlarini «Osmon osti saltanati»dagi hamkorlari zavodlarida terdiradi. Lekin AQSh hamda Xitoy orasidagi savdo urushlari Apple’ga qimmatga tushyapti.

O‘QING: Apple endi eng qimmat kompaniya emas. Yangi lider bilan tanishing!

Kuni kecha The Wall Street Journal nashriga intervyu bergan Donald Tramp shu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqariluvchi iPhone’lar va noutbuklarga 10 foiz hajmida boj joriy etilishi mumkin.

Xitoy tovarlariga 10 foizdan 25 foizgacha hajmdagi bojlar 2019 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilishi rejalashtirilgan. Tramp fikricha, o‘n foizlik boj kiritilishini amerikalik iste’molchilar «juda yengil» qabul qila olishadi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, «Xitoy o‘z mamlakatini AQSh bilan raqobatlashish uchun ochadigan» va barcha to‘siqlarni bekor qiladigan bitimga erishilsagina boj bekor qilinishi mumkin.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple korporatsiyasining bir necha rusumlardagi smartfonlari, planshetlari hamda «aqlli» soatlari tegishli kafolati bilan sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.