AQSh-Xitoy savdo urushi va 5G: Xitoy o‘z brendlari himoyasiga o‘tmoqda

AQSh-Xitoy savdo urushi va 5G: Xitoy o‘z brendlari himoyasiga o‘tmoqda

AQSh hukumati tomonidan Xitoy bilan harbiy aloqa qilishda gumonlagan uchta Xitoy telekommunikatsiya kompaniyasi Nyu-York fond birjasi ro‘yxatidan chiqarilgandi. Shundan so‘ng, Xitoy Savdo vazirligi mamlakat o‘z kompaniyalari manfaatlarini himoya qilish uchun «zarur choralarni» ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

O‘QING: Huawei va Xitoyning boshqa texno-kompaniyalari uchun viza cheklovlari joriy etildi

Payshanba kuni Nyu-York fond birjasi China Mobile, China Unicom va China Telecom kompaniyalarini birja ro‘yxatidan chiqarib yuborishini ma’lum qildi. Bunga Prezident Donald Trampning noyabr oyida AQSh sarmoyasining 31 ta Xitoy kompaniyasiga yo‘naltirilishiga qo‘ygan taqiqi sabab. Vashingtondagilar bu kompaniyalarni Xitoy harbiy tizimiga tegishli yoki uning nazorati ostida deb gumonlamoqda.

«Xitoy firmalarini bostirish uchun milliy xavfsizlikni va davlat hokimiyatini bunday suiiste’mol qilish bozor qoidalariga mos kelmaydi va bozor mantig‘ini buzadi», — deyiladi Xitoy Savdo vazirligi bayonotida. «Bu nafaqat xitoylik kompaniyalarning qonuniy huquqlariga zarar yetkazadi, balki boshqa mamlakatlardagi investorlar, shu jumladan, AQSh manfaatiga ham putur yetkazadi», deya qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

Vazirlik Xitoy kompaniyalarini himoya qilish uchun choralar ko‘rishini aytish bilan birga, Qo‘shma Shtatlarni Xitoyni bilan muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro savdo aloqalarini qayta tiklashga ham chaqirdi.

Saylangan Prezident Jo Bayden 20-yanvardan o‘z lavozimiga ko‘tarilishidan oldingi so‘nggi haftalarda, Tramp administratsiyasi Xitoyga qarshi qat’iy pozitsiyasini kuchaytirdi. Dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot o‘rtasidagi munosabatlar savdo va inson huquqlari kabi qator nizolar fonida tobora keskinlashib bormoqda. AQSh Savdo departamenti dekabr oyida Pekinni fuqarolik texnologiyalaridan harbiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblab, o‘nlab xitoylik kompaniyalarni qora ro‘yxatga kiritgandi.

Xitoylik diplomatlar Baydenning prezidentlikka saylangani ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishga yordam berishiga umid bildirmoqda.

Xitoy bosh diplomati Van Yi Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlar «yangi chorraha»da turganini va bundan buyog‘iga «yangi umid uchquni» paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.

O‘QING: Huawei osmonida yana qora bulutlar paydo bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!