AQSh ZTE texnikalarining “sinov muddati”ni yana cho‘zdi

  •   Saroy
  •  295
  •  04.10.2018 17:04

AQSh ZTE texnikalarining “sinov muddati”ni yana cho‘zdi

Yaqinda AQShda Xitoy ishlab chiqaruvchisining texnikalariga ta’qiq qo‘yilgani haqida ma’lum qilingan edi, natijada  ZTE kompaniyasi xonavayron bo‘lishiga ozgina qolgandi.

Xullas,   ZTE amerika texnologiyalarini Eron va Shimoliy Koreyaga eksport qilganligini tan olgandi. Ta’qiq qo‘yilishiga esa, mazkur kompaniya savdo sanksiyasiga atay amal qilmagan xodimlarini munosib ravishda jazolamani sabab bo‘lgan.  

Ta’qiq 892 million dollarlik jarima to‘langach bekor qilindi. Keyinchalik esa yana qo‘shimcha ravishda 1 milliard dollar jarima tayinlandi. Bu voqealar 2017 yilda bo‘lgandi. Shu yil iyul oyida  AQSh savdo vazirligi  bilan ta’qiqni olib tashlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘QING:Eng muhimi milliy xavfsizlik: Avstraliya ham endi Huawei va ZTE’ga ishonmaydi

Natijada kompaniya AQSh hukumatining qattiq nazorati ostida sinov muddatini oldi. Sinov 2020 yilgacha belgilangan. Endi esa, u 2022 yilgacha cho‘ziladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, muddatning cho‘zilishiga ZTE’ning yangi xatolari yoki diplomatik qusurlari sabab bo‘lgani yo‘q. Bu shunchaki, eski xatolari uchun kompaniyaga solinayotgan yangi  jarimadir. Bundan tashqari, nazorat tashkilotlari kompaniyaning hujjatlarini,  ma’lumotlarni, ob’yektlar va xodimlarini tekshirish huquqiga ega bo‘ldilar.

O‘QING:AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!